13:03 / 11.03.2021
1 241

O‘zbekistonga Rossiya tomonidan ko‘chma diagnostika klinikasi topshirildi

O‘zbekistonga Rossiya tomonidan ko‘chma diagnostika klinikasi topshirildi
Foto: Twitter / HelenaFraserUN
Rossiya hukumatidan ko‘chma diagnostika va davolash klinikasini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirish marosimi 10 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«KamAZ» yuk mashinasi platformasida o‘rnatiladigan majmua birlamchi tibbiy-profilaktika, akusherlik, ginekologik, kardiologik va urologik yordam ko‘rsatishga, shuningdek, o‘ta xavfli infeksiyalarni (OIV, COVID-19 va boshqalar) tekshirish va aniqlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Ta’kidlanishicha, ko‘chma diagnostika majmuasi instrumental, laboratoriya, funksional va ultratovush diagnostikasi uchun mo‘ljallangan tibbiy asbob-uskunalar to‘plami bilan jihozlangan bo‘lib, avtonom rejimda ishlashi mumkin. Unda olis va chekka hududlarda yashovchi aholi o‘rtasida tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.

Yetkazib berish «Rospotrebnadzor», «SPID infosvyaz» jamg‘armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV /OITS YUNEYDS bo‘yicha qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga Rossiya tomonidan ko‘chma diagnostika klinikasi topshirildi