17:05 / 14.03.2021
2 465

«Bunga qadar ko‘proq yopilish va kamroq aloqa siyosati bo‘lgan» — Qirg‘iziston hukumati vakili So‘x haqida

«Bunga qadar ko‘proq yopilish va kamroq aloqa siyosati bo‘lgan» — Qirg‘iziston hukumati vakili So‘x haqida
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 11—12 mart kunlari O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida qo‘shni mamlakat hukumatining Botken viloyatidagi muxtor vakili Omurbek Suvanaliyev OAV vakillarining Farg‘ona va Botken viloyatlari o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish punktlariga oid savollariga javob berdi, deya xabar qilmoqda «Daryo».

— Nima deb o‘ylaysiz, mazkur tashrifdan so‘ng Shoximardon va So‘xda yashovchi aholining hayotida qanday o‘zgarish yuz beradi?
— Bilasizlar, biz barchamiz Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqanimizdan keyin chegarada yashovchi aksariyat aholi uchun chegara nazorati bilan bog‘liq juda ko‘p qiyinchiliklar yuzaga keldi. Hozirda ushbu mahalliy aholi oson chegara o‘tkazish tizimini xohlaydi.

Bu aslida nafaqat chegarani kesib o‘tishda, balki xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan ham qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tashrif mobaynida ikki mamlakat prezidentlari hamma narsani soddalashtirishga kelishib oldi. Biz birodar xalqmiz va bunday qiyinchilikdan chiqib ketamiz.

Barcha chegara hududlarida, asosan, anklavlarda yashovchilar qadim zamonlardan beri birga qo‘shnilar sifatida yashab kelmoqda. Shuning uchun, buni aynan do‘stlik rishtalari, deb baholash kerak.

Biz mahalliy hokimiyat organlari sifatida har doim ko‘proq tushuntirish ishlari olib borishga va qo‘shnilarga nisbatan munosabat yaxshi bo‘lishi uchun o‘z hissamizni qo‘shamiz. An’anaga ko‘ra, aholi doimo yaxshi munosabatda bo‘lgan va endi yaxshi birodarlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘taramiz.

— So‘x chegarasidagi muammo bo‘yicha kim shug‘ullanadi, bu muammoni hal qilish kimning zimmasida?
— Bunga qadar ko‘proq yopilish va kamroq aloqa siyosati bo‘lgan. Lekin hozir prezidentlar kelishib olishdi: ham madaniy, ham iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘proq aloqalar o‘rnatiladi. Va biz yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bo‘lishi uchun chegara xizmatidan boshlab, mahalliy hokimiyatgacha buni davom ettiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bunga qadar ko‘proq yopilish va kamroq aloqa siyosati bo‘lgan» — Qirg‘iziston hukumati vakili So‘x haqida