16:55 / 15.03.2021
1 618

MIB: Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish har birimizning burchimizdir

MIB: Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish har birimizning burchimizdir
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida yo‘l harakat qoidalariga amal qilishni targ‘ib etish maqsadida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja asosida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, boshqarmada bo‘lib o‘tgan tadbirda dastlab ishtirokchilarga barcha haydovchi yoki yo‘lovchi ekanligi, doimo yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ulligi tushuntirildi.

Mas’ul xodimlar tomonidan sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ayniqsa, viloyat Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan ayrim harakat ishtirokchilarining befarqligi tufayli sodir bo‘lgan ayanchli oqibatlar haqida hikoya qiluvchi videorolik ishtirokchilarga namoyish etildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish har birimizning burchimizdir