21:00 / 24.03.2021
2 064

Toshkentda 8 oylik o‘g‘lini 10 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Toshkentda 8 oylik o‘g‘lini 10 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ayol o‘zining 8 oylik bolasini 10 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

N.J. ismli ayol fuqaro N.ga 2020 yil iyul oyida tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 10 ming dollarga sotgan vaqtida departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 8 oylik o‘g‘lini 10 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi