18:57 / 05.04.2021
1 891

MIB: farzand ta’minoti masalasi birinchi o‘rinda

MIB: farzand ta’minoti masalasi birinchi o‘rinda
Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘ka tuman bo‘limi ish yurituvida aliment bilan bog‘liq 1003 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 416 ta ijro hujjatlari bo‘yicha aliment to‘lovchi qarzdorlar ishsiz bo‘lgani sabab, Bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda ish bilan ta’minlandi. Xozirda ushbu ijro hujjatlari bo‘yicha aliment undiruvlari ularning ish joylariga qaratilgan.

Bundan tashqari, aliment to‘lovchi 405 ta qarzdorlar to‘liq o‘zini o‘zi band qilinib, shulardan 391 tasining faoliyati legallashtirildi. Masalan, O‘rtachirchiq tumanlararo sudining 12.12.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan, S.Jabborovdan, Z.Jabborova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun 138 mln. so‘m aliment pullari undirilib, ijro hujjati tamomlangan.

Shuningdek, fuqaro X.Karimovdan D.Suyarova foydasiga 10 mln. so‘m, J.Arslonovdan N.Murodova foydasiga 11 mln 300 ming so‘m, X.Berdiyevdan Z.Sulaymonova foydasiga 17 mln 712 ming so‘m aliment puli undirilib, ijro hujjatlari amalda tamomlanishiga erishilgan.

Aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan 13 ta qarzdorlarga nisbatan xozirda bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga nisbatan sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan jazo qo‘llangan, 1 nafar qarzdorga esa JKning 122-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, to‘rt nafar qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, bir nafari ushlangan. Bugunda mazkur aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan undiruvchilarga jami 778 ta plastik kartochkalar ochilgan.Shundan, 455 ta plastik kartochkalar undiruvchilarga tarqatilishi ta’minlandi.

Davlat ijrochilari tomonidan tumandagi MFYlarda joriy yilning yanvar-mart oylarida aliment qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lab borilishi, ikki oydan ortiq muddat davomida aliment pulini to‘lamaganlik uchun Qonunda belgilangan qamoq jazosi borligi yuzasidan doimiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

MIB Bo‘ka tuman bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: farzand ta’minoti masalasi birinchi o‘rinda