15:30 / 11.04.2021
3 003

Termizda zo‘rlangan qiz hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termizda zo‘rlangan qiz hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida 16 yoshli voyaga yetmagan qizning nomusiga tegilganligi holati yuzasidan Termiz shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

Natijasiga ko‘ra, mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida 2021 yil 11 aprel kuni holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (Shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV matbuot xizmati mazkur holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Holat yuzasidan Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyevaning ham bayonoti e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Termizda zo‘rlangan qiz hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi