Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Sergeli tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida, fuqaro S.R. 2 dona rangsiz sellofan parchasiga o‘ralgan, “gashish” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga sotgan vaqtida xodimlar tomonidan to‘xtatilib qolindi.
Shuningdek, fuqaro R.S.ning yashash xonadoni ham o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uydagi shkaf ichida alohida parvarish qilinayotgan 9 tup “Kannabis” o‘simligi borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sof og‘irligi 1,77 gr. “Gashish” giyohvandlik moddasi va 9 tup “Kannabis” giyohvanlik o‘simligi ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi