17:30 / 20.04.2021
2 377

Aliment to‘lashdan bosh tortgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va ozodlikdan mahrum etildi


Sardoba tumani, “Xalqobod” mahallasida yashovchi  fuqaro O.Mamatqulovdan fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan uch nafar farzandlari uchun voyaga yetgunga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadidan 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Sardoba tumani bo‘limi ish yurituviga olingan va qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro 8 oy davomida surunkasiga aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab keladi. Qarzdorlik esa 9 million 941 ming so‘mni tashkil etdi. To‘plangan hujjatlar sudga yuborilib, 2020 yilning 09 iyun kuni MJtKning 47 prim 4-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ammo qarzdor ota bundan ham to‘g‘ri xulosa qilmasdan, ma’muriy qamoqdan so‘ng ham 10 oydan ortiq muddat mobaynida 12 million 204 ming so‘mlik aliment mablag‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelib, jami 18 oydan ortiq muddat mobaynida 22  million 145 ming so‘mlik aliment mablag‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, jazo qo‘llanilgandan so‘ng ham to‘lamagani oqibatida unga nisbatan Byuroning viloyat boshqarmasi katta surishtiruvchisi I.Ubaydullayev tomonidan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

JIB Sardoba tuman sudining 12.04.2021 yildagi hukmi bilan sudlanuvchi  O.Mamatqulov JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli topildi va 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lashdan bosh tortgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va ozodlikdan mahrum etildi