18:57 / 23.04.2021
2 276

Arnasoylik ota farzandi uchun 18 yoshga tulgunga qadar alimentni to‘ladi


Majburiy ijro byurosi Arnasoy tuman bo‘lim ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 09.04.2013 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor G.B. hisobidan undiruvchi Q.B. foydagiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun eng ish haqqi va barcha daromadlarining 1/4 qism miqdorida aliment undirish ijro ishi mavjud.
         
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor Arnasoy tumanidagi 15-sonli umum ta’lim o‘rta maktabida direktor lavozimida ishlab kelayotganligi aniqlangan bo‘lib aliment to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha ish joyiga talabnoma yuborilgan hamda aliment to‘lovlari oyma-oy o‘z vaqtida to‘lanishi ta’minlangan.

Shuningdek qarzdorga nisbatan 2018 yil 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi  Qonunning 421-moddasiga asosan O‘zbekiston  Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Ijro xarakatlari davomida 2021 yil 03 mart kuni qarzdor G.B. undiruvchiga farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar hisoblangan  30 mln. so‘m  aliment pullarini to‘liq to‘lab berilgan va davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga qo‘llanilgan barcha cheklovlarni bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arnasoylik ota farzandi uchun 18 yoshga tulgunga qadar alimentni to‘ladi