12:30 / 18.05.2021
1 767

Farg‘onada suv talashib, tanishini toshbo‘ron qilgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi


Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi bog‘da fuqarolar suv talashib, o‘zaro janjallashdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 9 may kuni soat 21:00 larda 25 yoshli R.Sh. va 24 yoshli S.A. O‘zbekiston tumani Bo‘ston qishlog‘i hududidagi bog‘ maydonida tanishlari 22 yoshli Yu.M. va 36 yoshli Q.B. bog‘ga suv quyib yurganligini ko‘rib, ularning oldiga kelib, suv tufayli janjallashib, ularni yerda yotgan tosh bo‘laklari bilan toshbo‘ron qilib, turli jarohatlar yetkazgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida janjal vaqtida R.Sh. Yu.M.ning yuziga bir marotaba urganligi sababli Yu.M. va Q.B. janjal joyiga telefon orqali qarindoshlarini chaqirayotganini R.Sh. va S.A. eshitib qolib, so‘ng ularni toshbo‘ron qilganligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Yu.M. va Q.B. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir turdagi jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada suv talashib, tanishini toshbo‘ron qilgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi