16:13 / 20.05.2021
5 505

Qizcha tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini o‘ylantirib qo‘ydi


Foto: Reddit
Reddit ijtimoiy tarmog‘ida MK24ever niki ostidagi foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan qizning surati virus kabi tarqaldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Suratda qiz tanasining tepa qismi aniq ko‘rinib turibdi, pastki qismi esa yo‘q. Bir qarashda uning bir qismi fotoshop yordamida o‘chirib tashlangandek, biroq surat muallifining ma’lum qilishicha, aslida bunday emas. Tasvir hozirga qadar 69 ming layk va minglab izoh yiqqan.

Ayrimlar qizcha atrof-muhitdagi elementlar rangiga o‘xshash ko‘ylakni kiyib olgan deb taxmin qilmoqda. Ba’zilarning fikricha, qizaloq juda chuqur o‘raga turib olgan va shu sababli uning pastki qismi ko‘rinmayapti.

Jumboqning javobi boshqacha bo‘lib chiqdi. Yaxshilar e’tibor qaratilsa, qizning tirsagi tosh devorga suyangan, shu bilan birga, uning tanasini pastki qismi devor ortida. Devorni yo‘ldan ajratish qiyinligi sabab u chuqurlikda turgandek ko‘rinish kasb etgan.

Aslida har qanday optik illyuziya — ko‘rish qobiliyatining xatosi hisoblanadi. Bu inson ko‘zlari, aniqrog‘i, miyani aldash osonligidan dalolat beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizcha tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini o‘ylantirib qo‘ydi