13:51 / 24.05.2021
1 857

Toshkentning 5 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti ikki kunga to‘xtatiladi


25-may soat 10:00 dan 27-may soat 06:00 gacha qator tumanlardagi ichimlik suvi tarmoqlarida bahorgi rejali profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan bir qator manzillarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yashnobod tumanida:
  • “Katta Olmos”, “Iqbol”, “O‘rtamasjid”, “Mumtoz”, “Katta Qo‘yliq”, “Qo‘yliqobod”, “Uysozlar”, “Tarnovboshi”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Behizor”, “Bunyodkor”, “Yanginur”, “Oydinko‘l”, “Shohimardon”, “Katta Yangiobod”, “Shohsanam”, “Nodira”, “Donishmand”, “Xosiyatli”, “Yangidavr” mahallalarida;
  • Uysozlar va Uysozlar tor ko‘chalarida, Tolariq va Tolariq tor ko‘chalarida, Mumtoz va Mumtoz tor ko‘chalarida, Ohangrabo va Ohangrabo tor ko‘chalarida, Tabibiy va Tabibiy tor ko‘chalarda, Tabassum va Tabassum tor ko‘chalarida, Latofat va Latofat tor ko‘chalarda, Bunyodkor va Bunyodkor tor ko‘chalarida, Nigora va Nigora tor ko‘chalarida, Shohsanam va Shohsanam tor ko‘chalarida, Charos, Saodat, Muloyim, Tabarruk ko‘chalarida;
  • To‘yona 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9-dahalarida, Qo‘yliq mavzesida, Uysozlar mavzesida.
Bektemir tumanida:
  • “Abay”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Husayn Boyqaro”, “Majnuntol”, “Mirishkor”, “Rohat”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Nurafshon” mahallalarida;
  • Porloq ko‘chasida, Suvsoz-1, 2-dahalarida.
Mirobod tumanida:
  • “Qo‘yliq ota”, “Barotxo‘ja”, “Parvona”, “Bayot”, “Chinor”, “Yangi Qo‘yliq”, “Yuksalish”, “Fayziobod”, “Oq uy”, “Ziyonur”, “Tolariq” mahallalarida;
  • Qo‘yliq 1, 2, 3, 4-dahalarida;
  • Fayziobod, Bilimdon ko‘chalarida.
Sergeli tumanida:
  • “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Xonobod”, “Quruvchilar”, “Ziyokor”, “Madaniyat”, “Shukur Burxonov” mahallalarida.
Sergeli tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:
  • “Qumariq”, “Qipchoq”, “Nurhayot”, “So‘g‘diyona”, “Daryo bo‘yi”, “No‘g‘ay Qo‘rg‘on”, “Viqor”, “Bunyodobod”, “Ziynat”, “Yo‘ldosh”, “Navqiron”, “Ittifoq”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Habibiy”, “Tashabbus”, “Yangi Umid”, “Oriyat”, “Marhamat” mahallalarida.
Yangihayot tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:
  • “Olchazor”, “Charag‘on”, “Do‘stlik”, “Yorqin” mahallalarida.
Shuningdek, Bektemir tumanidagi “Vodnik” qozonxonasiga, Sergeli tumani 8-sonli va “Sanoat qurilish” qozonxonalariga hamda Mirobod tumani 6-sonli qozonxonaga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan ushbu qozonxonalar faoliyati ham 3 kun muddatga to‘xtatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentning 5 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti ikki kunga to‘xtatiladi