12:00 / 25.05.2021
1 706

Garovdagi Captiva vaqtincha MIB hovlisidan joy oldi


Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi tomonidan banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbilar ko‘rilmoqda. Xususan, kuni kecha olib borilgan ijro harakatlari davomida tijorat bankida garov sifatida qo‘yilgan Captiva rusumli transport vositasi topilib, vaqtincha tortib qo‘yildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2021 yil 25 mart kunidagi qaroriga ko‘ra javobgar jamiyatdan da’vogar Ipoteka bank ATIB Namangan viloyat filiali foydasiga 822.705.296 so‘m kredit qarzdorlikni undirish ko‘rsatib o‘tilgan. Undiruv jamiyat va 4 nafar fuqarolarning Malibu 2, Captiva, Lacetti hamda Nexia 3 avtotransport vositalariga qaratilgan va boshlang‘ich narxlari belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan  tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Ixtiyoriy muddat ichida jamiyat mutassaddilari kredit qarzdorlikni bartaraf etishmaydi. Shundan so‘ng majburiy ijro harakatlari olib borilib, garovdagi transport vositalarini tortish ishlari olib boriladi.

Kuni kecha olib borilgan ijro harakatlari davomida Captiva xatlanib, Byuroning Namangan tuman bo‘limi hovlisidan joy oldi. Hozirda sud qarorida ko‘rsatib o‘tilgan qolgan transport vositalarini xatlash davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Garovdagi Captiva vaqtincha MIB hovlisidan joy oldi