13:41 / 26.05.2021
2 164

DXX Samarqandda yer sotayotganlarni qo‘lga oldi


Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi fermer xo‘jaligi raisi tuman hokimligida bosh mutaxassis lavozimida ishlovchi qarindoshi bilan o‘zaro kelishgan. U o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘oriladigan 1 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib, so‘ngra uni issiqxona tashkil qilmoqchi bo‘lgan Samarqand shahrida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 50 ming AQSH dollari va “Neksiya-3” avtomashinasi talab qilishadi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida ushbu shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Pastdarg‘om tumani Davlat soliq inspeksiyasi inspektori chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari bilan o‘zaro kelishgan holda, ushbu fermer xo‘jaligiga qarashli 15 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaroga intensiv bog‘ tashkil etishi uchun tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga, undan 13 ming AQSH dollari talab qilishadi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro o‘zlari ijara asosida foydalanib kelayotgan, hokimiyat balansida bo‘lgan tog‘li hududdagi 3 gektar yaylov yer maydonini mahalliy fuqaroga 30 ming AQSH dollariga sotishni rejalashtirib, tuman hokimligidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilishadi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxslar so‘ralgan puldan 12,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Samarqandda yer sotayotganlarni qo‘lga oldi