00:05 / 27.05.2021
2 307

13 000 AQSH dollarini yashirib olib chiqishga bo‘lgan urinish chippakka chiqdi


Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan valyuta boyliklari bilan bog‘liq navbatdagi xuquqbuzarlik o‘z vaqtida fosh etildi.

Yurtimizdan qo‘shni mamlakatga chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro Sh.Sh. bojxona xodimlari tomonidan shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilishi natijasida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ham ma’lum qilinmagan jami 13 000 AQSH dollari miqdordagi valyuta mablag‘larini qo‘l sumkasining ichki astar qismiga yashirgan holda noqonuniy ravishda bojxona posti orqali olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 13 000 AQSH dollarini yashirib olib chiqishga bo‘lgan urinish chippakka chiqdi