09:31 / 27.05.2021
2 091

Tilla tishlar aslida qo‘yma tilla bo‘laklari bo‘lib chiqdi


Bojxonachilar tilla quyma bo‘laklarini noodatiy usulda yurtimizdan  olib chiqishga uringan shaxs faoliyatiga chek qo‘yishdi.
 Yurtimizdan xorijga yo‘l olgan fuqaro N.M.ning xatti-harakatlari bojxona xodimlari e’tiborini tortadi.

Shundan so‘ng, ushbu shaxs “Bodyscanner” uskunasi yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, fuqaro o‘z og‘iz bo‘shlig‘iga 163 grammlik tilla quymalarini tish uchun qoplama shakliga keltirib joylagani va shu tariqa bojxona nazoratidan yashirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda umumiy qiymati 94,7 million so‘mga teng bo‘lgan quyma metall bo‘laklari vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tilla tishlar aslida qo‘yma tilla bo‘laklari bo‘lib chiqdi