19:39 / 01.06.2021
5 145

Qidiruvdagi shaxs, ushlandi biroq....


Majburiy ijro byurosi Beshariq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 09.11.2016 yildagi 9687/16-sonli ijro varaqasiga asosan da’vogar G.Qo‘shmatova foydasiga javobgar F.Botirovdan aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.

Mazkur sud hujjati 23.04.2019 yilda Byuroning Beshariq tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan. Undiruvchi talabiga ko‘ra 10.05.2020 yilda qarzdor F.Botirovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, bir yil davomida amalga oshirilgan qidiruv tadbirlari jarayoni boshqacharoq holat bilan tugallandi.

Ya’ni, qarzdor F.Botirov Toshkent viloyati Bekobod tumani Bekobod shahri, Nurli yo‘l mahallasida yashayotganligi va Bekobod shahar dehqon bozorida ishlayotganligi aniqlanib, yashash manzili o‘rganilganida undiruvchi G.Qo‘shmatova ham shu yerda ekanligi, er-xotin o‘zaro yarashib olganliklari, biroq undiruvchi bu haqda davlat ijrochisiga xabar bermaganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu tariqa qidiruvdagi shaxs ushlandi, biroq u bilan birga yashab kelayotgan undiruvchi G.Qo‘shmatovaning arizasiga asosan qidiruv harakatlari to‘liq to‘xtatildi, shuningdek ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi ham tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxs, ushlandi biroq....