Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 25.01.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor F.Xodjiboyevdan ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun N.Ibragimova foydasiga aliment undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituvidagi mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor F.Xodjiboyev 2019 yil may oyida Rossiya davlatiga ishlash uchun ketganligi sababli uning oila a’zolari bilan 25 oylik 27,6 mln. so‘m aliment pulini to‘lanishi lozimligi haqida bir necha marotaba profilaktik suhbatlar olib borilgan, biroq bu kutilgan natijani bermagan.
Shundan so‘ng, qarzdor bilan onlayn videoaloqa orqali profilaktik suhbat o‘tkazilib, qonun talablari tushuntirilgandan so‘ng joriy yilning 6 may kuni Rossiyadan 25 oy uchun hisoblangan 27 mln. 696 ming so‘m aliment pulini yuborgan.
Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limida F.Xodjiboyevning ishonchli vakili tomonidan topshirilgan aliment puli tegishli hujjatlar rasmiylashtirgan holda undiruvchi N.Ibragimovaga to‘liq topshirilishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi