21:43 / 04.06.2021
2 892

Himoya orderi talablarini bajarmagan erga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi


Aytish kerakki ayollarga nisbatan zo‘ravonlik asosan sifatsiz ta’lim sabab bo‘lgan past iqtisodiy ko‘rsatkichli oilalar boshiga to‘g‘ri keladi, shu jumladan ayollarga nisbatan zo‘ravonlar ayollarning iqtisodiy yetishmovchiligi tufayli ham yuz beradi. Ta’kidlash joiz, dunyodagi mamlakatlarning kam qismi ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi qonunlarni qabul qilgan.

Bu borada O‘zbekiston ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilgan sanoqli davlatlar qatoridan o‘rin olgan.
Bu qonunlar davlat va boshqa tashkilotlarni ayollar zo‘ravonligiga qarshi kurashish va ularga barham berish uchun xizmat qiladi.

Ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, ularga nisbatan kuch ishlatish kabi harakatlar uchun javobgarlik belgilanganligi keng ommaga olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari orqali yetkazilib kelinayotgan bo‘lsa-da, jamiyatda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklar uchrab turishi achinarli holat.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi, 52-moddasining 2-qismi va 2061-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan Karimov Abdurasul Ismatovichga (ism sharifi o‘zgartirilgan) nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida so‘roq qilingan huquqbuzar A.Karimov 2021 yil 28 aprel kuni soat 2300 larda mast holatda o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i S.R bilan janjallashib, turmush o‘rtog‘iga turli mazmundagi og‘izga olib bo‘lmas so‘zlarni aytib haqorat qilib, S.R.ga berilgan himoya orderi talablarini buzib, uni urib Karmana tumani STEBning xulosasiga ko‘ra, “Yengil tan jarohati yetkazgan”. 

Huquqbuzar A.Karimov jabrlanuvchi S.R.ga berilgan himoya orderi talablarini bajarmagan holda shaxsga nisbatan yengil tan jarohati yetkazganligi shuningdek, haqorat qilganligi bois, uning harakatlari sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 32-moddasiga asosan qilmishni og‘irlashtiruvchi holat deb baholandi. Sud qaroriga ko‘ra, A.Karimovga sodir etgan huquqbuzarligi uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
 
Oilalarda kuzatilayotgan bu kabi holatlar xotin-qizlarning munosib turmush kechirishi, shaxsiy daxlsizligi, sog‘lik-salomatlik va erkinlik uchun bo‘lgan huquqini yo‘qqa chiqaradi, chunki bunday munosabat ularni qonunlarda mus'hkamlab qo‘yilgan erkaklar bilan teng huquqlilik ne’matlaridan foydalanishga doir real imkoniyatlardan mahrum qiladi.

Xotin-qizlar huquqlarining kamsitilishi inson qadr-qimmatiga bo‘lgan hurmat va teng huquqlilik prinsiplariga putur yetkazishini, ayollar erkaklar bilan bir qatorda o‘z mamlakatining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilishini, oila va jamiyat farovonligining o‘sishiga xalaqit berishi, xotin- qizlarning imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘lishiga yana ham ko‘proq qiyinchiliklar tug‘dirishi tabiiy.
 
 Aziza Ro‘ziyeva
Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va
 OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Himoya orderi talablarini bajarmagan erga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi