Rasul Kusherboyev Sud’yalar Oliy Kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov uning ustidan etika komissiyasiga shikoyat qilganini ma’lum qildi.
«Bu insonni prokuror, tergovchi yo hokim deb o‘ylamang. U vaqtda u kishi Oliy sud raisining o‘rinbosari, mustaqil, xolis sud hokimiyatining vakili edi. Endi esa Sud’yalar Oliy Kengashiga raislar.
Bu kishi o‘shanda sud’yalik obro‘sini «pachoq qilib» aybsizlik prezumsiyasigayam qaramay, tergovi tugamagan, sud baho bermagan Bo‘stonliqdagi bir guruh fuqarolarni noqonuniy uy qurgan, soxta hujjat tayyorlagan, deb shu yo‘l bilan o‘zining quyi sudlariga «yashirin ko‘rsatma» bervorgandilar. Ana mardlik.
Xullas «Uzavto» va DSQdan keyin ular ham ustimdan etika komissiyasiga shikoyat qilibdi. Sababi men ular rahbarlik qilayotgan Kengashni 2 daqiqayu 24 soniyada to‘qqiz marta nomard degandim. Yaxshiyam «hammang bir tiyinsan» demabman.
Aytgancha aybsizlik prezumsiyasiga amal qilmagani, etikani buzgani uchun X.Yodgorovga o‘shanda Sud’yalar Oliy kengashi mard bo‘lib chora ko‘rganmikan. Yo mardlik qilolmaganmi?
Shu 9 raqami o‘xshamayaptida, 10 bo‘lsa ko‘pirtirib yanayam «tepa»ga shikoyat qilsa zo‘r chiqadi. Shunga yana bir marta nomard desam nima bo‘pti?», deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi