20:15 / 19.06.2021
2 252

Ajrashgan oilalar yarashtirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabr kunidagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Byuroning Xorazm viloyat hududiy bo‘limlarida tomonidan ajrashga oilalarni tiklashi, voyaga yetmagan farzandlarning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, Byuroning Gurlan tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 18.11.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Xudayberganovdan undiruvchi fuqaro S.Babajanovaning foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘rsidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan to‘g‘ri huquqiy tushuntirish tadbirlaridan so‘ng ularning oilasi yarashtirilib, endilikda birga yashab hayot kechirishmoqda. Oddiygina aytganda, qarzdorning oilasini tiklashi, voyaga yetmagan farzandning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamayishiga erishildi.

Bundan tashqari, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor M.Xudayberganovdan undiruvchi fuqaro S.Babajanovaning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘rsidagi ijro hujjati bo‘yicha ham taraflar yarashuviga erishildi. Endilikdan ushbu oilarning 5 nafar farzandlari bag‘ri butun bo‘lib, mehrga to‘lib ulg‘ayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ajrashgan oilalar yarashtirildi