19:09 / 02.07.2021
1 898

Emlashdan 2 hafta o‘tgach, immun hujayralar paydo bo‘la boshlaydi – shtab


Shtab a’zosi koronavirusga qarshi emlangach insonda immun tizimning himoyasi oshishi 2 haftadan so‘ng boshlanishi, ba’zi holatlarda bu 3 oygacha davom etishi mumkinligini ta’kidladi.

“Koronavirusga qarshi vaksinani olgach, birdaniga immunitet paydo bo‘lmaydi. Vaksinaning 1-bosqichini olganlarda immunitet hujayralar paydo bo‘lishi vaksina olgan kunidan 14 kun oralig‘ida ko‘tarilishni boshlaydi va uning maksimal ko‘tarilish darajasi oxirgi bosqich (ya’ni 2- yoki 3-bosqich) vaksinani olgandan so‘ng 2 oy o‘tib maksimal darajaga chiqadi. Vaksinadan so‘ng immun tizimining himoyalanishining davomiyligi yuzasidan olimlar ish olib borishmoqda. Vaqt o‘tib immun hujayralarni saqlanish muddatlari haqida aniq ma’lumotlar chop etiladi.

Bugungi kunda mavjud ma’lumotlardan olimlarning taxminlari e’lon qilingan. Ularning taxminlariga ko‘ra, ba’zi vaksinalar 1 yil, ba’zilari 2 yil, ba’zi vaksinalar esa umrbod immun himoya hosil qiladi”, dedi Sevara Ubaydullayeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Emlashdan 2 hafta o‘tgach, immun hujayralar paydo bo‘la boshlaydi – shtab