17:00 / 06.07.2021
2 792

Prezident xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari belgilandi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Sh.Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:
PDXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, qo‘riqlanadigan ob’ektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish va boshqalar.

Qo‘riqlanadigan shaxslar doirasi:
- prezident va uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila a’zolari, prezident vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
- bitimlarga muvofiq chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va boshqa shaxslar.

PDXX huquqiy maqomiga ko‘ra qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’ektlar xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’ektlarning xavfsizligi masalalari bo‘yicha jalb qilingan davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir. Bevosita prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.

Qonunning qabul qilinishi PDXX faoliyatini tashkil etishning shaffof huquqiy bazasini yaratadi, shuningdek PDXX bilan o‘zaro munosabatlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari belgilandi