Foto: Sirdaryo viloyati IIB
Sirdaryo va Surxondaryo viloyatida terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Qayd etilishicha, 17 iyul kuni Sirdaryo viloyati IIB va DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda «Katibatul Tavxid val-Jihod» terrorchilik tashkiloti yashirin guruh a’zolari ushlandi. Mazkur guruh a’zolari mavsumiy ishlash uchun Rossiyaga borib, yashirin faoliyat olib borayotgan ushbu tashkilot ta’siriga tushib qolgan.
Ular yashash joylariga qaytib kelgach, yaqin qarindoshlari va mahalladoshlari orasida radikal qarashlarini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali terrorchilik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullangan.
Aniqlanishicha, ular Rossiyada Suriyada o‘rnashib olgan terrorchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berib kelgan va kelajakda o‘zlari ham ushbu davlatga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.
Tezkor tadbir natijasida jinoiy guruhning Boyovut tumanida yashovchi 8 nafar va Surxondaryo viloyatida yashovchi 1 nafar a’zosi qo‘lga olinib, ularning uyali telefonlari hamda yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi