2 457
O‘zbekistonlik o‘quvchilar matematika va biologiya fani bo‘yicha Xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lishdi
Nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO) va Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO)da ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
14-24 iyul kunlari dunyoning 110 davlatidan 623 nafar o‘quvchilar ishtirok etgan 62-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) natijalari e’lon qilindi.
Natijalarga ko‘ra, Buxoro viloyati 5-IDUM o‘quvchisi Diyorbek Tolipov kumush medalni, Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Olimjon Olimov bronza medalni va mazkur maktab o‘quvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 18-23 iyul kunlari dunyoning 76 ta davlati o‘rtasida o‘tkazilgan 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi:
- Humoyun Norbekov -JDPI akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi - oltin medal;
- Aziza Abduvaliyeva -TPTI akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - oltin medal;
- Yorqinbek Turdiboyev -Navoiy viloyati 11-IDUM o‘quvchisi - kumush medal.
Prezidentning fan olimpiadalari g‘oliblarini rag‘batlantirish borasidagi qaroriga ko‘ra, nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (122,5 mln. so‘m), o‘qituvchisiga – 450 baravar (110,25 mln. so‘m);
2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari (73,5 mln. so‘m), o‘qituvchisiga – 250 baravar (61,25 mln. so‘m);
3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (49 mln. so‘m), o‘qituvchisiga –150 baravar (36,75 mln. so‘m).
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlari navbatdagi o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan quyidagicha qo‘shimcha ustama oladi:
1-o‘rin (oltin medal) uchun – 200 foiz;
2-o‘rin (kumush medal) uchun – 175 foiz;
3-o‘rin (bronza medal) uchun – 150 foiz.
Yuqoridagi nufuzli xalqaro olimpiadalarda medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?