13:49 / 24.07.2021
1 464

DXX Sirdaryoda korrupsiya holatlarini aniqladi

DXX Sirdaryoda korrupsiya holatlarini aniqladi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari o‘z o‘g‘li bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning katta miqdordagi pul mablag‘ini o‘zlashtirmoqchi bo‘lishadi.

Ular fermer xo‘jaligining hozirda tuman xokimligi zahirasiga qaytarilgan 14 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 30 ming AQSH dollari talab qilib, muqaddam 20 ming dollar olishadi.

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida fermer xo‘jaligi rahbari qolgan puldan 9,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Xovos tumanida kuzatilgan yana bir holatda esa muqaddam sudlangan, hozirda quruvchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro tumanning Chanbil qishlog‘ida mebel ishlab chiqarish zavodi va zavod ishchilariga uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydonidan 10 sotixini vakolatli tanishlari orqali xaridor nomiga uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 22,5 mln. so‘m talab qiladi.

U so‘ralgan puldan avans sifatida 15 mln so‘m olgan vaqtida DXX va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Sirdaryo viloyati budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Sardoba tumani bo‘limi bosh inspektori lavozimida ishlovchi muqaddam sudlangan shaxs 2 nafar fuqaroning mehnat faoliyatiga ega ekanligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab, ularning nafaqa pullarini oshirib berish evaziga 500 AQSH dollari talab qiladi.

U so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » DXX Sirdaryoda korrupsiya holatlarini aniqladi
[/banner_pushhouse