09:00 / 10.08.2021
1 778

Jizzaxda haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi


Kadr: Videodan skrinshot
Jizzax viloyatida yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXBB matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, Buxorodan Toshkentga harakat qilib kelayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolishi sababli yuk mashinasi shu yo‘nalishda ketayotgan «KamAZ»ga borib urilgan.

Boshqarma e’lon qilgan videoda ko‘rish mumkinki, bu hodisa oqibatida kamida bir nafar fuqaro vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning dastlabki 7 oyi davomida Jizzax viloyati hududida charchoq alomati sababli rul boshqaruvida uxlab qolish oqibatida 33 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, ularda 20 nafar fuqaro vafot etgan. 23 nafar fuqaro esa turli darajada jarohat olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi