23:09 / 02.09.2021
3 915

Yevropa davlatlari afg‘on qochqinlarini bizga tiqishtirishga urinmoqda

Yevropa davlatlari afg‘on qochqinlarini bizga tiqishtirishga urinmoqda
Yevropa davlatlari Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarga 600 million yevro (har biri uchun 150 mln yevro) ajratishni va’da qilmoqdalar. Bu ro‘yxatda O‘zbekiston ham tilga olingan.

Qizig‘i, YEI bayonotida, Kengash, YEI fuqarolari uchun qochqinlar bilan bog‘liq yangi tahdidlarni oldini olish uchun hamma narsani qilish niyatida ekanligi aytilmoqda.

Bundan chiqdi, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini xavf-xatarga duchor qilsa bo‘lar ekanda? Haqiqatan ham juda ko‘p xavflar mavjud, bu haqida oldinroq ham gapirilgandi. Nega O‘zbekiston uchun Yevropa fuqarolarining xavfsizligi o‘z xavfsizligidan yuqori bo‘lishi kerak?

Sloveniya bosh vaziri Yansh nutqidan yana bir qiziqarli parcha: YEI barcha afg‘on qochqinlariga yordam va pul to‘lashni o‘z zimmasiga olmagan.

O‘zbekiston bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganmi? Yo‘q!

Ma’lumki, rasmiy Toshkent bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmagan va hech narsa va’da qilmagan. Faqat mas’uliyatli davlat sifatida, o‘z xohishi bilan odamlarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishga yordam bermoqda.

YEIda hamma bir ovozdan 2015 yildagi xatolarni takrorlamasliklari shartligini e’lon qilmoqda.

Demak, O‘zbekiston boshqa birovning xatolarini takrorlasa bo‘lar ekanda? Biz shunchalik soddamizmi? Albatta, yo‘q! Yevropaliklardan farqli o‘laroq, biz boshqalarning xatolaridan saboq olishni afzal ko‘ramiz.

YEI qachon tushunib yetadi. Buning uchun qancha pul to‘lashga va’da berishmasin, «yo‘q» javobi beriladi. O‘zbekiston xavfsizlik masalalarida savdolashmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yevropa davlatlari afg‘on qochqinlarini bizga tiqishtirishga urinmoqda