07:30 / 05.09.2021
2 952

Toshkentda UzAuto Motors monopoliyasiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi (video)

Toshkentda UzAuto Motors monopoliyasiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi (video)
Foto: Instagram / @inkuzart
Toshkentning Chilonzor tumanida @inkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon Umarov tomonidan chizilgan yana bir strit-art paydo bo‘ldi. Bu safar ijodkor UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga e’tibor qaratgan.

E’lon qilingan kadrlarda O‘zbekistondagi avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun yuzaga kelayotgan uzundan uzoq navbat tasvirlangan. Navbat boshida turgan insonning qizil bosh kiyimi «shapka» tizimiga ishora qiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur strit-art namunasi eski Amerika elchixonasi, Chilonzor savdo markazi yaqinida chizilgan.

Ta’kidlash kerakki, UzAutoSavdo ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Lacetti’ni xarid qilish uchun navbatda turganlar soni 31 mingga, Cobalt uchun 11 mingga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda UzAuto Motors monopoliyasiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi (video)