18:18 / 08.09.2021
1 958

Toshkent viloyatida 8 oyda 300dan ortiq shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 8 oyda 300dan ortiq shaxs qo‘lga olindi
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida Toshkent viloyat IIBB sohaviy xizmat xodimlari tomonidan firibgarlik, o‘g‘irlik, bosqinchilik va boshqa turdagi jinoyatlarini sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 300 nafardan ortiq qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda ham viloyat hududida jinoyatchilikni oldini ilishga qaratilgan «Tezkor qidiruv» tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kuni kecha, viloyat IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan A.R. ushlangan va unga nisbatan e’lon qilingan qidiruv to‘xtatildi.

Shuningdek, Yangiyo‘l shahrida tungi xizmatdagi PPX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, 1987 yilda tug‘ilgan Surxondaryo viloyatida yashovchi O.G. aniqlanib ushlangan.

Toshkent tumanida ham viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan xizmat davomida Jinoyat Kodeksi 169-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatini sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan Jizzax viloyatida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan B.M aniqlanib, ushlangan.

Bekobod tumani: Tumanda o‘tkazilayotgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida JKning 169-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan 1967 yilda G.M. (ayol) 3-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan aniqlanib, qidiruv to‘xtatildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida 44 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlangan va tegishli yordamlar ko‘rsatilib, oilasiga qaytarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 8 oyda 300dan ortiq shaxs qo‘lga olindi