19:15 / 08.09.2021
2 190

O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganiga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi. Bu haqda TIV rasmiy vakili bayonotida ta’kidlangan.

«Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi.

Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz
»,—deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston islom amirligi vakili Zabihullo Mujohid O‘zbekiston mustaqilligi munosabati bilan tabriknoma yuborgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganiga munosabat bildirdi