14:30 / 18.09.2021
1 910

Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasi munosabatlari tarixi va buguni ekspertlar nigohida

Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasi munosabatlari tarixi va buguni ekspertlar nigohida
Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi shu yilning 13-17 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasida (Moskva va Qozon shaharlarida) “Yevroosiyoda tarixini ilmiy tadqiq etishning dolzarb masalalari” Yevroosiyo diqqat markazida: Markaziy Osiy va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarning tarixi va bugungi kuni» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etdi.

Anjumanda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Rossiya va Germaniyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlaridan tarix, manbashunoslik, etnologiya va sotsiologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etdi. Konferensiyada mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi, keng ko‘lamli tashqi va ichki muammolari yuzasidan muhokama kilindi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston qo‘shnichiligi muammolari, chegara xavfizligi va mintaqada tinch-totuv yashash buyicha dolzarb masalalar chuqur tahlil qilindi.

Yetakchi ekspertlar: Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti professori I.Safranchuk, Germaniyaning Sharqiy Yevropa va xalqaro aloqalarni o‘rganish markazining ilmiy xodimi, doktor Beata Eshment, Markaziy Osiyo xalkaro instituti eksperti Ravshan Nazarov, tojikistonlik siyosiy sharhlovchi, jurnalist Sharif Xamdampurlar Afg‘onistondagi ichki vaziyat va uning mintaqaviy siyosati, ziddiyatning etnopolitik jihatlari, Markaziy Osiyodagi afg‘on siyosiy aspekti yuzasidan Yevroosiyodagi geosiyosiy vaziyat to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Anjuman doirasida Rossiya va Markaziy Osiyodagi tarixiy tadqiqotlarning dozarb masalalariga bag‘ishlangan qismida Markaziy Osiyo xalqaro institutining Tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va gumanitar tadqiqotlar bo‘lim boshlig‘i t.f.n A.Sabirov “Og‘zaki tarix (oral history). Markaziy Osiyo tajribasi” va bo‘limning bosh ilmiy xodimi t.f.d. P.Abdullayev “20 asr boshlarida Markaziy Osiyodagi milliy siyosiy tashkilotlar” mavzusida ma’ruza kilishdi.

MOXI mutaxasisslari arxiv va boshqa noyob tarixiy hujjatlardan foydalanib, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ko‘p partiyali tizimning shakllanishi bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ular ijtimoiy-siyosiy tarixni o‘rganish jarayonida fanlararo tadqiqot usullari asosida yangi yondashuvlarni, jumladan, og‘zaki tarix sifatida yangi metodologik yunalishini taklif kilishdi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Konrad Adenauer xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida imzonlangan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga asosan, konferensiya doirasida MOXI taqdimoti o‘tkazildi.

Unda MOXI ekspertlari tomonidan bir qator xorijiy tahlil markazlari bilan hamkorlik bo‘yicha samarali muzokaralar olib borildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasi munosabatlari tarixi va buguni ekspertlar nigohida