Samarqandda mast haydovchi 5 yoshli qizchani urib, qochib ketdi

1 daqiqa o'qish130
Samarqandda mast haydovchi 5 yoshli qizchani urib, qochib ketdi

Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yuz bergan fojiali yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi 21 iyun kuni soat 19:00 atrofida Do‘stlik mahallasida tezlikni oshirib, yo‘l chetida turgan 5 yoshli bolani urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Qizaloq olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Sud majlisida ayblanuvchi mast holatda bo‘lganini tan olgan va o‘z qilmishi uchun pushaymonligini bildirgan. Shuningdek, u marhumaning oila a’zolaridan kechirim so‘ragan va moddiy ahvoli og‘irligini hisobga olishni so‘ragan.

Sud haydovchining ilgari ham jinoyat sodir etganini va xavfli harakat orqali inson hayotiga tahdid keltirganini inobatga oldi.

Hukmga ko‘ra, u besh yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi va jazoni o‘tab bo‘lgach, ikki yil davomida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Mutaxassislar yana bir bor haydovchilarni spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda rulga o‘tirmaslikka va harakat qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?