Sergelidagi xonadonda yong‘in chiqdi, jabrlanuvchilar yo‘q

1 daqiqa o'qish87
Sergelidagi xonadonda yong‘in chiqdi, jabrlanuvchilar yo‘q

21 oktyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 19:33 da Sergeli 4-dahadagi xonadonlardan birida yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruv guruhlari besh daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan va soat 19:56 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 kvadrat metr maydondagi uy jihozlari yongan. Olov qisqa fursatda nazoratga olingan va boshqa xonadonlarga tarqalmagan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida hech kim jarohat olmagan. Hozirda yong‘in sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mutaxassislar aholini elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishga, xonadonlarda yong‘inga qarshi talablarga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?