date

La Liga “Vilyarreal” va “Barselona” o‘yinini AQSHda bekor qildi

La Liga “Vilyarreal” va “Barselona” o‘yinini AQSHda bekor qildi
Ispaniya chempionati doirasidagi “Vilyarreal” hamda “Barselona” uchrashuvi AQSHda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. La Liga tashkilotchilari Mayamidagi o‘yin bekor qilinganini e’lon qildi.

Euro-football.ru yozishicha, bu qaror Ispaniyada so‘nggi haftalarda yuzaga kelgan noaniqliklar sabab qabul qilindi. La Liga bayonotida ushbu o‘yin AQSHda o‘tkazilishi tarixiy va noyob imkoniyat bo‘lishi ta’kidlangan.

Tashkilotchilar uchrashuv boshqa davlatda o‘tkazilsa, musobaqa yaxlitligiga putur yetmasligini qayd etdi. Shuningdek, La Liga kelgusida ham ispan futbolini dunyoning turli hududlariga yetkazishga intilishini bildirdi.

Avvalroq Ispaniya chempionatida ayrim uchrashuvlar boshlanishidan oldin futbolchilar ataylab to‘xtab, norozilik bildirgandi. Bu holat musobaqada muammolar yuzaga kelayotganidan dalolat beradi.

La Liga esa xalqaro maydonda ispan futbolining ommalashuviga erishishni maqsad qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga “Vilyarreal” va “Barselona” o‘yinini AQSHda bekor qildi