Navoiy viloyatida haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish holati aniqlandi, deb hududiy IIB axborot xizmati ma’lum qildi, deb yozmoqda Upl.uz sayti.
DPSning “Samarqand” statsionar postida “Malibu-2” avtomobili to‘xtatilishga uringan, ammo haydovchi to‘xtamay, qochishga urinish qilgan. Ortidan quvuv tufayli transport vositasi uzoqqa ketolmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil rulda 16 yoshli mast bola bo‘lgan. Unga transportni boshqarishni shu avtomobil egasi — tanishi topshirgan. Avtomobil egasining o‘zi ham spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda yo‘lga chiqqan va postdan oldin bolani rulga o‘tqazgan. Ular “Navoiy-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lishgan.
Hodisa yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi, ikki huquqbuzar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!