Manchester Siti hujumchisi Erling Holand gol urish seriyasini davom ettirmoqda.
Euro-football.ru yozishicha, norvegiyalik futbolchi uchinchi tur doirasida o‘tkazilgan uchrashuvning 17-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 25 yoshli Holand barcha musobaqalarda ketma-ket 12-o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natija Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi rekord ko‘rsatkichni takrorladi. Lionel Messi esa o‘z vaqtida 21 ta o‘yinda ketma-ket gol urgan va bu borada hali ham yetakchilik qiladi.
Ketma-ket 12 ta o‘yinda Holand jami 22 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shu tariqa, u Yevropa futbolidagi eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatmoqda.
Erling Holand so‘nggi yillarda Manchester Siti tarkibida yuqori natijalarga erishmoqda. Mutaxassislar uning gol urish borasidagi seriyasini davom ettirishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!