date

Andijonda qalbaki dori vositalarining 200 million so‘mlik partiyasi qo‘lga tushdi

Andijonda qalbaki dori vositalarining 200 million so‘mlik partiyasi qo‘lga tushdi
Andijon viloyatida qonunga xilof ravishda savdoga chiqarilmoqchi bo‘lgan, umumiy bahosi 216,8 million so‘mdan ziyod bo‘lgan sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, Ichki ishlar hamda Bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida G.B. va unga sherik shaxslar “Tracker” rusumli avtomashinada Izboskan tumanidagi xususiy shifoxonaga qonunga zid ravishda 200 dona “Vokartin” dori vositasini yetkazishga uringan paytda ushlangan.

Tadbir davomida jami 3 525 dona, 16 turdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Ularning umumiy bahosi 216,8 mln so‘mga teng ekani aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddi organlar aholini qonuniy va litsenziyalangan dori vositalarini faqatgina rasmiy dorixonalar orqali xarid qilishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda qalbaki dori vositalarining 200 million so‘mlik partiyasi qo‘lga tushdi