Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyatida 15 yoshli qiz otasidan homilador bo‘lib qolgani aytilgan video bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz otasi uni muntazam zo‘rlab kelgani aytilgan video tarqaldi. Hozirda 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizning so‘zlariga ko‘ra, otasi uni 13 yoshidan buyon zo‘rlab kelgan. Jabrlanuvchining onasi aytishicha, turmush o‘rtog‘i ishsiz bo‘lib, uyda o‘tiradi. Oilani ayolning bir o‘zi boqadi.
Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi doirasida gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi