20:00 / 21.10.2021
1 937

Millatimiz aslini aks ettiruvchi til

Millatimiz aslini aks ettiruvchi til
1989 yil 21 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya’ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi.

Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ushbu sanaga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ham “O‘zbek tili bayram kuni”ni keng nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Navoiy Davlat pedagogika instituti Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sadinova Nafisa Usmanovnani taklif qilinib, sohada davlat tiliga doir amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’ruzasi tinglandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Millatimiz aslini aks ettiruvchi til