13:30 / 28.10.2021
1 993

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi
Foto: Videodan kadr Nasaf News
Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanida bir guruh shaxslar aka-ukalarni kaltaklagani, ularga deputat bosh bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Munosabatda ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tumani IIBga tumanning «Mustaqillik» MFYda yashovchi E.F. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2021 yil 14 oktabr kuni soat 16:00larda hamqishlog‘i M.A. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgani va u tan jarohati yetkazganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, M.A. ham tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan va uning arizasi 2021 yil 15 oktabr kuni Chiroqchi tuman IIB Navbatchilik qismida qayd etilgan.

Dastlabki surishtiruvda janjal vaqtida M.A. E.F.ning burun sohasiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 27 oktabr kuni holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda Chiroqchi tumanida yashovchi fuqarolardan birining uyiga shu tumanda yashovchi bir guruh shaxslar bostirib borgani, o‘zaro janjal paytida aka-ukalarni kaltaklab tan jarohatlari yetkazgani, aka-ukalarni kaltaklagan shaxslarga Yoshlar ittifoqi Chiroqchi tumani kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati bosh bo‘lgani aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi