15:38 / 28.10.2021
1 197

Xorazmdagi xonadonda iste’molga yaroqsiz 125 kg qoramol go‘shti aniqlanib, yo‘q qilindi

Xorazmdagi xonadonda iste’molga yaroqsiz 125 kg qoramol go‘shti aniqlanib, yo‘q qilindi
Foto: IIV PPX va JSBB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘limi
Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi xonadonda iste’molga yaroqsiz 125 kilogramm qoramol go‘shti aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 26 oktabr kuni Xorazm viloyati IIB PPX va JSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda Urganch tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida Urganch tumani, G‘aybu qishlog‘i, «Shoxidonlar» mahallasida yashovchi fuqaro X.J. xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan jami 125 kilogramm qoramol go‘shti borligi aniqlandi.

Ushbu go‘sht mahsulotlari Urganch tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra iste’mol uchun yaroqsiz deb topilib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB PPX va JSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro X.J.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasi (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmdagi xonadonda iste’molga yaroqsiz 125 kg qoramol go‘shti aniqlanib, yo‘q qilindi