2 232
Kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida ko‘riladigan choralar ma’lum qilindi
Prezident videoselektorida hokim yordamchilari tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda parranda, quyon, qo‘y va echki, kurka, asalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashishi ma’lum qilindi.
Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida 2022 yilda amalga oshiriladigan dasturlar hamda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida ko‘riladigan qator chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qilindi. Unga ko‘ra:
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m beriladi;
- paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
- meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi;
- aholi bandligini ta’minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo‘naltiriladi;
- aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.
«Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda 100ta parranda, 20ta quyon, 5-6ta qo‘y va echki, kamida 5-10ta kurka, 5ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi», deyiladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram kanalidagi xabarda.
Prezident kelgusi yilda Davlat investitsiya dasturi doirasida 18,5 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirilishini ma’lum qildi.
«Bundan buyon investitsiya dasturlarini hokimlarning o‘zi “mahallabay” tamoyili asosida ishlab chiqadi. Ya’ni dastur vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi.
Shu bilan birga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari doirasida 22 milliard dollarlik 9 mingta loyiha amalga oshirilishi va 305 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Misol uchun, hududlardagi maxsus iqtisodiy zonalarning tashqi muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish uchun keyingi yilda budjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi», degan davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?