
2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan asosiy kvotalardan tashqari, magistraturaga kirolmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha qabul parametrlari tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Shuningdek, qo‘shimcha qabulda o‘qishga kiruvchi talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori oliygohlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu summa har bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqadi.
Qo‘shimcha qabul jarayoni abituriyentlarga yana bir imkoniyat berishi va magistraturada o‘qish istagida bo‘lganlar uchun keng yo‘l ochishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.