Paxta-yig‘im terimi samarasiz tashkil etilgani uchun amaldor jazolandi

Paxta-yig‘im terimi samarasiz tashkil etilgani uchun amaldor jazolandi

Paxta-yig‘im terimi samarasiz tashkil etilgani uchun amaldor jazolandi
Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi o‘rinbosari Shohruh Xayriddinov intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda e-qaror platformasida ma’lumot e’lon qilingan, ammo hujjat tez orada berkitib qo‘yilgan.

Hujjatga ko‘ra, hokim o‘rinbosari paxta-yig‘im terimini samarali tashkillashtirmagani uchun jazolangan. Shuningdek, uning faoliyatida jiddiy kamchiliklar kuzatilgan va hukumat topshiriqlarini lozim darajada bajarmagani qayd etilgan.

Natijada Shohruh Xayriddinovga rasman hayfsan berildi. Bu qaror mahalliy hokimiyat tizimidagi mas’ul shaxslardan yuqori darajada mas’uliyat talab etilayotganini ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar