Denovda 15 yoshli qizni turmushga berganlar javobgarlikka tortildi

1 daqiqa o'qish1.5K
Denovda 15 yoshli qizni turmushga berganlar javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyatida jamiyat e’tiborini keskin tortgan holat qayd etildi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lumot berishicha, Denov tumanida voyaga yetmagan qizga turmush qurdirish bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar yuz bergan va bu bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 8-iyul kuni tumanning 67 yoshli ayol fuqarosi o‘zining 15 yoshli nabirasini 28 yoshli yigitga nikohlab berish marosimini tashkil etgan. Qiz hali qonunchilikda belgilangan nikoh yoshiga yetmagani sababli, rasmiy qayd jarayonlari amalga oshirilmagan. Biroq moddiy manfaat evaziga 75 yoshli erkak ular uchun shar’iy nikoh marosimini o‘tkazgan.

Shu holat yuzasidan tergov organlari zudlik bilan harakat boshladi. Nikoh o‘qib bergan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining nikoh yoshi haqidagi qonun talablarini buzish va nikoh tartibini qonunga xilof ravishda amalga oshirish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishi ochildi. Shuningdek, 28 yoshli kuyovga nisbatan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishni nazarda tutuvchi modda bilan ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mas’ul idoralar tomonidan holat har tomonlama o‘rganilib, qonun doirasida qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlanmoqda.

Mazkur voqea yana bir bor voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish va ularning erta turmush qurishiga qarshi qat’iy kurashish zarurligini ko‘rsatib berdi. Ommaviy muhokamalardan ko‘rinib turibdiki, jamiyat bu kabi holatlarga nisbatan murosasiz pozitsiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?