date

Jizzaxda qarzdorlar majburiy ravishda uydan ko‘chirildi

Jizzaxda qarzdorlar majburiy ravishda uydan ko‘chirildi

Jizzax shahrida sud qarori asosida fuqarolar uydan majburiy tartibda chiqarildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, qarzdor N.A. va boshqalarga nisbatan chiqarilgan ijro hujjati belgilangan muddatda bajarilmagani sababli, ko‘chirish davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan.

Ijro jarayonidan oldin qarzdor rasmiy ravishda belgilangan sana va vaqt haqida ogohlantirilgan, ko‘chirish paytida hozir bo‘lmasligi ijro hujjatini to‘sib qo‘ymasligi haqida xabar qilingan.

Ko‘chirish jarayoni xolislar, ichki ishlar organlari, favqulodda vaziyatlar xizmati, tibbiyot yordami xodimlari va boshqa mas’ul shaxslar ishtirokida o‘tkazilgan.

Natijada uy qonuniy egasiga topshirildi va barcha jarayon dalolatnoma orqali rasmiylashtirilib, ishtirokchilar tomonidan imzolandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda qarzdorlar majburiy ravishda uydan ko‘chirildi