date

Toshkentda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi?

Toshkentda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “poytaxtda bola o‘g‘rilari paydo bo‘ldi” mazmunidagi xabarlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy izoh berdi.

Mazkur xabarlarda aytilishicha, go‘yoki maktablar va ko‘p qavatli uylar oldida bolalarni aldab mashinalarga o‘tqazib olib ketishga uringan shaxslar bo‘lgan. Biroq huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan besh yilda poytaxtda bola o‘g‘irlash holati umuman qayd etilmagan. Demak, tarqatilayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

IIBB vakillari fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka va ularni tarqatmaslikka chaqirdi. Chunki bunday xabarlar jamoat orasida panikaga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida ham shunga o‘xshash holat yuz bergandi. Bir bola uyiga kech qaytgani uchun qarindoshlariga “meni o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lishdi” degan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u do‘stining uyiga so‘roqsiz borgan va vaziyatdan chiqish uchun shunday so‘z aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi?