«O‘zgidromet» qishning dastlabki kunlari anomal iliq ob-havo bilan boshlanishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 29—30 noyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va ochiq kun bo‘lishi kutilmoqda. Tushdan so‘ng havo 12-17 daraja iliqqacha isiydi, kechalari havo harorati 3-6 daraja iliqni tashkil etadi.
1—2 dekabr kunlari janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Harorat kechalari 6-9 darajagacha iliq, kunduz kunlari esa 17-22 darajagacha iliq bo‘ladi. Bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan me’yordan 8-11 darajaga yuqoridir.
Faqat 2 dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
3 dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (shimoliy hududlar va Farg‘ona viloyatidan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli istisno emas. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham me’yordan yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, dam olish kuni sovuq antisiklon respublika hududidan asta-sekin chekinib, respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi