14:14 / 01.12.2021
1 797

O‘zbekistonliklarga Umra safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda

O‘zbekistonliklarga Umra safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda
Foto: UzNews
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Umra safarini hal etish uchun 1 dekabr kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu idora matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, o‘tgan 2 yil davomida pandemiya tufayli butun dunyoda musulmonlar Haj va Umra amallarini ado eta olmadi.

«Allohga shukrki, so‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani O‘zbekiston xalqini cheksiz quvontirmoqda.

Ayni kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, insha Alloh
», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni hukumati chet elliklar kichik haj — Umra ziyoratini amalga oshirish uchun 10 avgustdan qirollikka kirishi mumkinligini e’lon qilgan edi.

Ziyoratchilar qirollikda tasdiqlangan Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan biri bilan emlangan bo‘lishi yoki manfiy javobli PZR-testni taqdim etishi kerak. Vaksina olmagan ziyoratchilar mamlakatga kelganidan keyin uch kunlik karantindan o‘tib, so‘ng koronavirusga nisbatan qaytadan PZR-test topshiradi.

Saudiya Arabistoni hukumati Xitoy vaksinalarini ham tan oladi, ammo to‘liq emlangandan keyin Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson yoki AstraZeneca vaksinasi bilan buster dozasini (vaksinatsiyadan olti oy o‘tib kiritiladigan qo‘shimcha doza) olishi kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklarga Umra safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda